2026-yil 29-sentabr kuni Kishinyovda Tojikiston va Moldova o'rtasida konsullik maslahatlashuvlari bo'lib o'tdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.
Muzokaralarga Tojikiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Farrux Homiddin Sharifzoda va Moldova Tashqi ishlar vazirligi davlat kotibi Korina Kalugaru raislik qildi.

Tomonlar konsullik hamkorligining dolzarb masalalarini muhokama qilishdi. Xususan, ikki mamlakat fuqarolarining huquq va manfaatlarini himoya qilish, konsullik tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlash va amaliy tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Maslahatlashuvlar davomida Tojikiston va Moldova oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari boʻyicha ham fikr almashildi.
Siyosiy muloqotni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, ikki mamlakat o'rtasidagi xalqaro tashkilotlar doirasidagi o'zaro aloqalarni kengaytirishga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muntazam muloqotni davom ettirish, konsullik hamkorligini mustahkamlash va erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.








































