Bugun Xitoyda inqilobiy kurashda va mamlakatni himoya qilishda Xitoy mustaqilligi uchun halok bo'lganlar xotirasiga bag'ishlangan Shahidlar kuni nishonlanmoqda. Bugun ertalab Xitoy Prezidenti Si Szinpin va boshqa hukumat amaldorlari Pekindagi Tiananmen maydonidagi Xalq qahramonlari yodgorligiga gullar qo'yishdi. Marosimda barcha soha vakillari ham ishtirok etishdi. Eslatib o'tamiz, 30-sentabrni Shahidlar kuni deb e'lon qilish to'g'risidagi qaror 2014-yilda Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo'mitasi tomonidan tasdiqlangan. Xotira tadbirlari har yili shu kuni o'tkaziladi.










































