2026-yil 23-sentabr kuni Oʻzbekiston Prezidenti maʼmuriyati rahbari Saida Mirziyoyeva Qoʻshma Shtatlarda Google vitse-prezidenti Karan Bhatia bilan uchrashdi. Saida Mirziyoyevaning Telegram kanaliga koʻra, ular Oʻzbekistonda YouTube’dan monetizatsiyani yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.
YouTube’dan pul ishlash hozirda O‘zbekistondagi kontent yaratuvchilari uchun mavjud emas. Buning imkoniyati Saida Mirziyoyevaning Google vakili bilan uchrashuvida muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Prezidenti maʼmuriyati rahbarining soʻzlariga koʻra, soʻnggi yillarda shaxsiy maʼlumotlarni qayta ishlash va raqamli toʻlovlarga oid qonunchilik takomillashtirildi. Buning natijasida, Mirziyoyevaning taʼkidlashicha, Oʻzbekistonda xalqaro toʻlov tizimlari mavjud boʻladi.
"Kompaniya bilan hamkorlik qilish uchun son-sanoqsiz imkoniyatlar mavjud. Oldinda juda ko'p ishlar bor", deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Tomonlar shu tariqa kelgusidagi hamkorlik istiqbollarini, jumladan, Oʻzbekistonda YouTube’dan monetizatsiyani yoʻlga qoʻyish imkoniyatlarini muhokama qilishdi.








































