AQSh prezidenti Donald Tramp juma kuni CNN, MSNOW va Politico jurnalistlari endi Oq uydagi tadbirlarni yorita olmasligini eʼlon qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Men CNN, MSNOW va Politico’ning Oq uyga kirishini darhol bekor qilayotganimni e’lon qilishdan mamnunman, chunki ular doimiy ravishda yolg‘on ma’lumotlarni nashr etadilar”, deb yozdi u Truth Social’da.
Uning qo'shimcha qilishicha, kelajakda AQSh ma'muriyati faoliyati haqida yolg'on ma'lumot tarqatayotgan boshqa ommaviy axborot vositalariga qarshi ham shunga o'xshash choralarni ko'rish niyatida.








































