Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, 2026-yil 15-sentabr kuni taxminan soat 04:30 da Dushanbe-Xo‘jand-Chanoq avtomobil yo‘lining 279-kilometrida, Jabbor Rasulov tumanining Dehmoy qishloq jamoasi hududida, halokatli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi.
Manbaga ko'ra, 00-04 LK/02 davlat raqamiga ega Lexus haydovchisi, Dushanbe shahri Shoxmansur tumanida yashovchi, 1975-yilda tug'ilgan Turg'unov Xikmatullo Xibibulloevich boshqaruvni yo'qotib, 10-14 MV/02 davlat raqamiga ega Opel-Combo bilan to'qnashgan.
Opel-Combo rulida 1973-yilda tug'ilgan, Xo'jand shahrida yashovchi Jo'raev Baxodurxon Muxtorxonovich bo'lgan.
Hodisa natijasida Lexus yo'lovchisi, Dushanbe shahri Shoxmansur tumanida yashovchi, 1958-yilda tug'ilgan Norimov Isojon Turg'unovich tan jarohatlari oldi va voqea joyida vafot etdi.
Ushbu hodisa bo'yicha tergov olib borilmoqda.








































