AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi yadroviy qurol ishlatishni ko'rib chiqmayotganini aytdi. U bu haqda dushanba kuni Oq uyda jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, bayonot berdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
"Men buni istisno qilaman. Buning uchun hech qanday sabab yo'q", dedi Tramp yadroviy quroldan foydalanish ehtimoli haqidagi savolga javob berar ekan.
Amerika prezidenti yana bir bor AQShning Eron bilan mojaroda g'alaba qozonganini e'lon qildi.
"Qanday ahmoqona savol. Ular allaqachon butunlay mag'lub bo'lishgan, endi esa siz menga yadroviy quroldan foydalanishim kerak deb o'ylaysizmi? Qanday ahmoqona savol", deb qo'shimcha qildi Tramp.








































