29-avgust kuni taxminan soat 16:00 da Tojikistonning Vahdat shahridagi K. Ismoilov qishloq jamoasida halokatli yo'l-transport hodisasi sodir bo'ldi. Bu haqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ichki ishlar vazirligining ma'lumotlariga ko'ra, 91-67 DP/01 davlat raqamidagi Hyundai Sonata haydovchisi, 1996-yilda tug'ilgan, Vose tumanida yashovchi Firdavs Sainazarovich Sharifov Vahdat shahridan Nurek shahri tomon harakatlanayotgan edi.
K. Ismoilov qishloq jamoatida u qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga chiqib ketgan, natijada Oev Afzalsho Xabibulloevich boshqarayotgan Daewoo Nexia rusumli avtomobil bilan to'qnashuv sodir bo'lgan.
Hodisa natijasida Daewoo Nexia yo'lovchisi, 1963-yilda tug'ilgan, Vahdat shahrida yashovchi Guldasta Bo'riyevna Kamalova turli tan jarohatlari oldi va voqea joyida vafot etdi.
Ushbu hodisa holatlarini tekshirish davom etmoqda.








































