2026-yil 2-sentabr kuni Dushanbe shahrida Tojikiston Respublikasi Energetika va suv resurslari vaziri Daler Juma Janubiy Koreyaning LS Corporation kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Bu haqda Tojikiston Energetika va suv resurslari vazirligi matbuot xizmati xabar berdi .
Uchrashuv davomida tomonlar energetika sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yo'lga qo'yish, investitsiyalarni jalb qilish va qo'shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.
LS Corporation vakillariga Tojikiston Respublikasida energetika sohasidagi investitsiya imkoniyatlari, jumladan, yangi energetika loyihalarini amalga oshirishning mavjud istiqbollari taqdim etildi.


O'z navbatida, LS Corporation vakillari kompaniyaning faoliyati, xalqaro tajribasi va elektr energiyasi, elektr uskunalari, kabel mahsulotlari va boshqa sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi texnologik imkoniyatlari haqida so'zlab berishdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.








































