AQSh prezidenti Donald Tramp Nyu-Meksiko shtati nomini "Yangi Amerika"ga o'zgartirish g'oyasini qo'llab-quvvatladi. Oq uy rahbari bu haqda TruthSocial ijtimoiy tarmoq platformasida yozdi.
Tramp shtat nomini o'zgartirish taklifini yoqtirganini aytdi. Uning ta'kidlashicha, ba'zi odamlar Nyu-Meksiko nomini "Yangi Amerika" ga o'zgartirishni taklif qilishgan. AQSh prezidenti o'z tashabbusini shtatdagi saylovlardagi firibgarlik ayblovlari bilan bog'ladi.
"Menga bu g'oya juda yoqadi", deb yozgan Tramp.
Ushbu tashabbus Amerika prezidentining geografik nomlarni o'zgartirish bilan bog'liq bir qator taklif va qarorlarining eng so'nggisidir.
Avgust oyi oxirida Tramp Ontario ko'lini "Amerika ko'li" deb qayta nomlash to'g'risidagi farmonni imzoladi. Prezidentning tushuntirishicha, u ko'l Kanadaga qaraganda Qo'shma Shtatlar bilan ko'proq bog'liq va uning nomi buni aks ettirishi kerak.
Sentabr oyi boshida Tramp Hormuz bo'g'ozini Tramp bo'g'ozi deb qayta nomlash imkoniyatini ham ko'targan edi.
Tramp ikkinchi muddati davomida bir nechta geografik nomlarni o'zgartirishni boshladi. Xususan, Alyaskadagi Denali tog'i MakKinli tog'i, Meksika ko'rfazi esa Amerika ko'rfazi deb o'zgartirildi.








































