Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Markaziy Qo'mitasi Bosh kotibi, Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) raisi va Markaziy harbiy komissiya (MHK) raisi Si Szinpin 10-sentabr kuni nishonlanadigan O'qituvchilar kuni arafasida butun mamlakat bo'ylab o'qituvchilar va ta'lim xodimlarini tabrikladi. Xitoy rahbari o'qituvchilarning mamlakat taraqqiyotiga qo'shgan hissasini e'tirof etdi va ularni kasbiy mahoratini oshirishga va Xitoyning milliy tiklanishiga hissa qo'sha oladigan yangi avlodni tarbiyalashga chaqirdi. Si Szinpin shuningdek, barcha darajadagi partiya qo'mitalari va davlat organlarini o'qituvchilar korpusini mustahkamlashga va jamiyatda o'qituvchilar va ta'limga hurmat muhitini shakllantirishga ko'proq e'tibor qaratishga chaqirdi.
(Surat: VCG)







































