2026-yil 8-10-sentabr kunlari Belarusning Minsk shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligiga a'zo davlatlar Interpol Milliy markaziy byurolari rahbarlarining uchrashuvi bo'lib o'tdi. Tojikiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Interpol Milliy markaziy byurosi rahbari, politsiya podpolkovnigi Nuriddinzoda Tojiddin boshchiligidagi delegatsiya tadbirda ishtirok etdi, deb xabar beradi Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot markazi.



Uchrashuv davomida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, Interpol Milliy markaziy byurosi samaradorligini oshirish va MDH mamlakatlari huquqni muhofaza qilish organlari o'rtasida tezkor axborot almashinuvini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kiberjinoyatchilik, xalqaro terrorizm va ekstremizm, giyohvand moddalar savdosi, odam savdosi va transmilliy jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi birgalikda kurashishga alohida e'tibor qaratdilar.
“Bunday uchrashuvlarni oʻtkazish MDHga aʼzo davlatlar huquqni muhofaza qilish organlari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga, tezkor axborot almashinuvini kengaytirishga va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha qoʻshma ishlarning yangi yoʻnalishlarini aniqlashga yordam beradi”, deb taʼkidladi Tojikiston Ichki ishlar vazirligi matbuot markazi.









































