Tojikiston Ichki ishlar vazirligi xabar berishicha, Vaxsh tumani Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari 2008-yilda tug'ilgan fuqaro Ismoil Zaripovni qasddan mulkni yo'q qilishda gumon qilib hibsga oldi.
Aniqlanishicha, 2026-yil 12-sentabr kuni taxminan soat 22:00 da I. Zaripov haydovchilik guvohnomasisiz do'sti Safarzoda Sinoga tegishli BMW rusumli avtomobilni noqonuniy boshqarayotgan edi. Vaxsh tumanidagi Tojikiston davlat mustaqilligining 20 yilligi qishloq jamoasi tomon harakatlanayotganda Ilhomjon Murodovga tegishli Hyundai Porter rusumli avtomobil bilan to'qnashdi.
Zaripov I. bu voqeani atrofdagilardan yashirish maqsadida Vaxsh tumanidagi Rudaki qishloq jamoasi, Do'sti qishlog'ida BMW rusumli avtomashinani qasddan yoqib yuborgan va shundan so'ng voqea joyidan qochib ketgan.
Ushbu hodisa bo'yicha tergov olib borilmoqda.









































