17-sentabr kuni Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Jahon taekvondo federatsiyasi (WT) bosh qarorgohida Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonga taekvondo boʻyicha faxriy qora kamar (9-dan) sohibi boʻlish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Federatsiya bosh qarorgohida Jahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Yun Ung Seok faxriy mehmon, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmonni samimiy kutib oldi.


Marosimdan oldin faxriy mehmon uchun taekvondo namoyishi o'tkazildi.




Keyin, mehmonlar oldida Jahon taekvondo federatsiyasi prezidenti Chungvon Chou Kengashning Tojikiston Respublikasi Prezidentiga taekvondo bo'yicha faxriy unvon (9-dan) berish to'g'risidagi qarorini o'qib eshittirdi.
Marosim davomida davlat rahbari Imomali Rahmonga faxriy qora kamar (9-dan) topshirildi va unga an'anaviy taekvondo formasi kiydirildi.



Tojikiston Prezidenti Federatsiya rahbariyatiga ushbu sharaf uchun minnatdorchilik bildirdi va taekvondo eng mashhur Olimpiya sport turlaridan biri sifatida sog'lom turmush tarzi falsafasini, shuningdek, odamlar o'rtasidagi ma'naviy va madaniy aloqalarni tubdan o'zida mujassam etishini ta'kidladi.
Imomali Rahmon Jahon taekvondo federatsiyasi rahbariyatiga uni yanada rivojlantirish va ezgu maqsadlariga erishishda muvaffaqiyatlar tiladi.









































