2026-yil 17-sentabr kuni Dushanbe shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a'zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyati uchun mas'ul vazirlarining 25-yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda Tojikiston Respublikasi Iqtisodiy rivojlanish va savdo vazirligi xabar berdi.
Yigʻilishga Tojikiston iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Abdurahmonzoda Abdurahmon Safarali raislik qildi. Tadbirda ShHTga aʼzo davlatlarning tashqi iqtisodiy va savdo faoliyati uchun masʼul vazirlik va idoralari rahbarlari va vakillari ishtirok etdi.




Uchrashuv davomida ishtirokchilar Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari tomonidan erishilgan kelishuvlarni ko'rib chiqdilar.
Tashkilot mamlakatlari oʻrtasida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va oʻzaro savdo hajmini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Uchrashuvda shuningdek, energiya xavfsizligini mustahkamlash, transport va logistika infratuzilmasini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish, qo'shma korxonalar tashkil etish va qo'shimcha qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi.
Tadbir yakunida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning tashqi iqtisodiy va savdo ishlari bo'yicha mas'ul vazirlarining 25-yig'ilishining Bayonnomasi va Qo'shma deklaratsiyasi imzolandi.








































