2026-yil 23-sentabr kuni Dushanbe shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Turizm Kengashining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda Tashkilot Ijroiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Yigʻilishda Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, MDH Parlamentlararo Assambleyasi Kengashi Kotibiyati va Hamdoʻstlik Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.
Kengash a'zolari Tojikistonning davlat turizm siyosati haqidagi ma'lumotlarni e'tiborga oldilar. Shuningdek, ular Tojikistonning turizm infratuzilmasini rivojlantirish va mamlakatning turizm salohiyatini xalqaro turizm bozorida targ'ib qilishdagi ijobiy tajribasini ham qayd etdilar.
Uchrashuv davomida ishtirokchilar turizmni rivojlantirish tendentsiyalari, Hamdo'stlik davlatlarida istiqbolli turizm loyihalari, turizm tashabbuslarini amalga oshirish va "2021–2030 yillarda MDHga a'zo davlatlar o'rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish strategiyasi" bo'yicha fikr almashdilar.
Bundan tashqari, Xalqaro turizm tadbirlari to'g'risidagi nizom loyihalari va MDHga a'zo davlatlar o'rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo'yicha 2027–2028 yillarga mo'ljallangan harakatlar rejasi kelishib olindi. Ushbu hujjatlarni belgilangan tartibda MDH Hukumat rahbarlari kengashiga ko'rib chiqish uchun taqdim etish rejalashtirilgan.
Kengash aʼzolari shuningdek, “Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida turizmni rivojlantirish uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, MDH doirasida sayyohlar oqimini statistik qayd etish va prognozlashning yagona tizimini yaratish, 2026–2027 yillarda “Hamdoʻstlik” Sayohat Hubi xalqaro turizm loyihasini amalga oshirish va turizm sohasidagi asosiy tashkilot — Ipak yoʻli xalqaro turizm va madaniy meros universiteti faoliyati bilan bogʻliq masalalarni ham koʻrib chiqdilar.
Yigʻilish yakunlari boʻyicha Kengashning 2027-yilga moʻljallangan Ish rejasi tasdiqlandi.
Kengash raisligi Oʻzbekiston tomoniga oʻtdi.








































