2026-yil 28-sentabr kuni Nyu-Yorkda Saida Mirziyoyeva BlackRock investitsiya kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi. Tomonlar 2027-yilda ochilishi rejalashtirilgan Toshkent xalqaro moliya markazini ishga tushirish masalasini muhokama qilishdi.
Saida Mirziyoyevaning so'zlariga ko'ra, BlackRock O'zbekistonga kelajakdagi moliyaviy markazining konsepsiyasi va tuzilishini ishlab chiqishda yordam bermoqda.
Uchrashuvda BlackRock prezidenti Robert Kapito, rais o'rinbosari Tomas Donilon, Global Infrastructure Partners raisi va bosh direktori Adebayo Ogunlesi hamda BlackRock Global moliyaviy va strategik investorlar bo'limi rahbari Charlz Xatami ishtirok etdi.
Amerikalik biznes vakillari bilan qo'shma davra suhbatida kelgusi o'n yilliklarda O'zbekiston va mintaqaning rivojlanish istiqbollari ham muhokama qilindi.








































