Igor Surov murabbiyligidagi Tojikiston U-17 terma jamoasi o'zining ilk o'rtoqlik o'yinini rossiyalik hamkasblariga qarshi o'tkazdi, deb xabar berdi Tojikiston futbol federatsiyasi.
Uchrashuv 2-oktabr kuni Tursunzodadagi TALCO Arena stadionida bo'lib o'tdi va Rossiya jamoasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.
Tojikiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi ikkinchi o'rtoqlik o'yini 5-oktabr, dushanba kuni Varzobdagi Tojikiston Futbol Federatsiyasi Texnik markazida bo'lib o'tadi. O'yin soat 15:00 da boshlanadi.









































